TATU Farg’ona filiali Respublika ilmiy-texnik anjumanini o‘tkazadi

2019 yil 30-31 may kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali “Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiyalarning zamonaviy muammolari va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumanini o‘tkazadi.

Anjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha faoliyat yuritadi:

  1. Zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari va ularning yechimlari (mansurbek uzb@mail.ru, +998999992266);
  2. Tabiiy fanlarni o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni (notadavlat@umail. uz, +998972144682 );
  3. Jamiyatning turli sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanishi va ahamiyati (mamatiso2015@yandex. com, +998905346581);
  4. Zamonaviy telekommunikatsiya, radioelektronika va optoelektronikaning muammolari va yechimlari (kuldashov.abbos@mail.ru, +998903900692);
  5. Ta’limda elektron resurslardan foydalanish, o‘qitishning zamonaviy vositalari, pedagogik-psixologik texnologiyalari va ularni yaratishning innovatsion usullari (bilolov1959@mail.ru, +998933732410);
  6. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish, robototexnika va elektron qurilmalarni yaratishning innovatsion metodlari, sanoat va telekommunikatsiya axborot xavfsizligi (sulton59 15@inbox.ru, +998912850736);
  7. Raqamli iqtisodiyotning jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati (Abdumalikk@umail.uz, +998999926058);
  8. Ma’ruzalar taqdimoti uchun barcha sharoitlar yaratiladi: shaxsiy kompyuter, internet, elektron proyektor va zaruriy dasturlar.

ANJUMAN TILLARI

Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz.

ANJUMAN MA’RUZALARINI RASMIYLASHTIRISHGA TALABLAR:

  1. Ma’ruza matnlari original nusxa tilida chop etiladi. Ma’ruza matn hajmi 3 betgacha.
  2. Matnni A4 formatli varaqda quyidagi hoshiyalar bilan joylashtirish lozim: yuqori hoshiya – 2 sm, quyi hoshiya – 2 sm, chap hoshiya – 3,0 sm, o‘ng hoshiya – 2 sm. Satrlararo interval 1,0. sahifalar raqamlanmaydi. Tezislar matni MS Word (*.docx) matn muharririda, shrift turi Times New Roman standartida, 14 o‘lchamda rasmiylashtiriladi.
  3. Rasmiy talab:

-ma’ruza nomi katta harflar bilan bo‘g‘inlarni o‘tkazmasdan satrning o‘rta qismida yozilishi kerak;

-bir interval tashlanib muallif(lar)ning ismi, sharifi, familiyasi, ish joyi;

-bir interval tashlanib ma’ruza matni keltiriladi (yozish tili muallifning tanlovi bo‘yicha);

-matndan so‘ng adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi;

-maqola elektron varianti alohida faylda 15 maygacha ko‘rsatilgan elektron manzilga jo‘natilishi lozim (kechiktirilgan materiallar qabul qilinmaydi).

-maqolalar yuqorida ko‘rsatilgan sho‘‘balarda ko‘rsatilgan elektron pochtaga yoki ko‘rsatilgan telegram raqamiga jo‘natiladi.

-ma’ruzalar matni va tezislarda keltirilgan ma’lumotlarga muallifning shaxsan o‘zi javobgar hisoblanadi.

          4. Anjuman ma’ruzalari asl nusxa bo‘yicha taqriz va o‘zgartirishlarsiz chop etiladi.

Ma’ruza maqolalari taqriz qilinmaydi. Ma’ruzaning anjuman dasturiga kiritilganligi haqidagi ma’lumotnoma va taklifnomalar mualliflarga 2019 yil 20 may kuniga qadar yuboriladi.

5. Anjumanda ishtirok etish uchun har bir maqolaga 30 000 so‘m to‘lanadi.

Tashkiliy to‘lov 2019 yilning 20 mayiga qadar amalga oshiriladi, bank hisob raqamiga o‘tkaziladigan pul jo‘natmalarning rekvizitlari quyida keltirilgan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali

Hisob raqami: 23402000300100001010

INN: 201122919

MFO: 00014

ShXR: 400110860304017950100078002

INN: 205765265

TAShKILIY QO‘MITA MANZILI

O‘zbekiston Respublikasi, 150118, Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 185-uy Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali. Tel.: (8-373) 226-82-09.

Koordinator:

QODIROV ABDUMALIK MATKARIMOVICh

tel.: +(99899)992-60-58, +(99890)631-60-58, +(99873)226-82-09, +(99873)226-82-19 e-mail: konf@tatuff.uz

Abdumalikk@umail.uz, Abdumalikk_1985@inbox.uz veb-sayt: http://konf.tatuff.uz

“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiyalarning zamonaviy muammolari va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani ishtirokchisi haqida ma’lumot

Muallifning F.I.Sh.:

 

Ish joyi:

 

Lavozimi:

 

Ilmiy darajasi:

 

Ilmiy unvoni:

 

Telefon raqami va elektron pochta manzili:

 

Ma’ruza turi (yalpi majlisda, sho‘‘ba yig‘ilishida)

 

Sho‘‘ba yo‘nalishi:

 

Ma’ruza nomi: