Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida School 21 direktori Zarina Luxmanovaning o’quvchilar va talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Unda spiker School 21 xalqaro dasturlash maktabida talabalarning IT kasblariga bepul ega bo‘lish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.

School 21 nima?

✅Eng yirik IT-kompaniyalar tomonidan qo’llaniladigan mashhur dasturlash tillarida bepul o’qitish;
✅ Dasturlash tajribasidan qat’i nazar, 18 yosh va undan yoqori bo’lgan har bir kishi murojaat qilishi mumkin;
✅ O’quv jarayonida loyiha hamkorlari tomonidan birinchi ish takliflarini olish;
✅ Olingan bilim va ko’nikmalaringizni sinab ko’rishingiz mumkin bo’lgan 3 oylik majburiy amaliyot;
✅ IT shaharcha Samarqand shahrida 24 soat va haftasiga 7 kun ishlaydi;
✅ Boshqa viloyatlardan kelgan ishtirokchilar oʻqish davri davomida yotoqxona bilan taʼminlanadi.