O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari boʻyicha maslahatchisi Rahimov Bobur Kamolovich TATU Fargʻona filialiga tashrif buyurdi

Tashrif chog’ida B.Rahimov filialda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o’rganib, “Murakkab jarayonlarni modellashtirish ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi”, Kiberxavfsizlik markazi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash markazi, ARM va Student office faoliyati bilan yaqindan tanishdi va u yerda mutaxassis xodimlar, talabalar bilan suhbatlashdi.

Filialda amalga oshirilayotgan ishlar va innovatsion loyihalar, start-up loyihalarni yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar berildi.

Oliygohda sun’iy intellekt, kibersport, kiberxavfsilik sohalari va raqamlashtirish jarayonlari,  E-universitet loyihasini amalga oshirish yuzasidan rahbarlar, mutaxassis xodimlar va talabalar bilan suhbatlashdi.