Joriy yilning, 24-aprel kuni Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Andijon viloyatidagi umumta’lim maktablari bilan hamkorlik memorandum imzolash marosimi bo’lib o’tdi

Tadbirda TATU Farg’ona filiali direktori F.M.Muxtarov, Sirtqi bo’lim boshlig’i M.U.Norinov, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig’i o’rinbosari I.K.Mirzayev, maktab direktorlari hamda Andijon viloyati 12 ta tumanidagi umumta’lim maktablarning “Informatika va axborot texnologiyalari” ga ixtisoslashgan maxsus sinf o’quvchilari ishtirok etdilar.

So‘ngra, rahbarlar ishtirokida TATU Farg’ona filiali hamda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o’rtasida hamkorlik memorandum shartnomasini imzoladilar.