“Oq uy”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi

TATU Fargʻona filiali rahbariyati Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yangidan barpo etilgan o’quv binosining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Marosimda Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Rahimov, Oliy Majlis Senati a’zosi Manzura Salimova, Fargʻona viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Bobur Primqulov, respublikamiz va viloyatimizdagi oliy ta’lim dargohlari rektorlari, tibbiyot muassasalari mas’ullari, bir qator mehmonlar, talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari, jurnalistlar qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilari talabalar ilm olishi uchun u yerda yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishdi, zamonaviy auditoriyalar, tibbiy ta’lim olish uchun o’rnatilgan asbob-uskunalar esa yurtimizda yoshlarga ko’rsatilayotgan yuksak e’tibor natijasi ekanligini yana bir karra tasdiqladilar.