Kafedra mudiri

Rayimjonova Odinaxon

Tel: +998902312244

E-mail: odinaxon@tatuff.uz

 

Kafedra tarixi

Dastlab «Telekommunikatsiya» kafedrasi  2008 yil tashkil etilgan. 2008 -2009 yillar fizika-matematika fanlari nomzodi Z. Xaydarov, 2009-2010 yillar katta o’qituvchi U.U.Iskandarov, 2010-2013 yillarda  texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Х. Qo`ldashev, 2013-2014 yillari kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi etib katta o’qituvchi A.Т.Abdullayev, 2014-2016 yillari katta o’qituvchi U.U.Iskandarov, 2016-2019 yillari dotsent N.M.Jurayev, 2019 yil mart oyidan texnika fanlari nomzodi, dotsent O.X.Qo’ldashovlar mudirlik lavozimlarida faoliyat olib bordilar. 2019 yil sentyabr oyidan boshlab, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) O.S.Rayimjonova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda kafedra “Telekommunikatsiya injiniringi”  deb nomlanadi. Kafedra o`z faoliyati jarayonida O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi, “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Farg’ona, Andijon, Namangan filiallari, Elektromagnit moslashuv markazi, Andijon radioteleuzatish markazi, TTT filiali 2-bog’lanmasi bog`lanmasi kabi korxonalari hamda, TATU Farg’ona filiali qoshidagi akademik litsey, Farg’ona transport va servis texnikumi kabi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda kafedra “5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari”, “5330500-Kompyuter Injiniringi”, “5330600-Dasturiy Injiniring” “5350400-Axborot kommunikatsiya soxasida kasb ta’limi”, “5330300-Axborot xavfsizligi” bakalavr yo`nalishlari talabalariga 28 dan ortiq fanlardan va 5A350101-Telekommunikatsiya injiniringi magistratura mutaxasisligi talabalariga 4 ta fandan dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedrada ta`lim va ishlab chiqarish jarayonining uyg`unligiga erishilgan. Ishlab chiqarishda katta tajribaga ega o`qituvchlar va ilmga chanqoq, ilmiy izlanishlarga layoqatli yosh o`qituvchilarning birgalikdagi faoliyati, ayniqsa, talabalarga yangi innovatsion texnika va texnologiyalarni o’zlashtirishida yaxshi natija bermoqda. Kafedra “5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari” bakalavr yo`nalishi bo`yicha yosh kadrlar tayyorlashga ma`sul, chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Ushbu bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar iqtisodiyotning barcha sohalarida, ayniqsa telekommunikatsiya sohasida ishlab, vatanimiz rivojiga o`zlarining hissalarini qo`shmoqdalar. Kafedraning moddiy-texnik  bazasi yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada “Elektronika va sxemalar”, “Elektronika va sxemalar”, “Raqamli qurilmalarni loyixalashga kirish” kabi fanlaridan amaliyot mashg`ulotlari va laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan keltirilgan zamonaviy stend va jihozlar, “Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari”, “Simsiz aloqa tizimlari”, “Tizimlar va signallarni qayta ishlash”, “Telekommunikatsiyada operatsion tizimlar” va boshqa fanlardan amaliyot mashg`ulotlari va laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun soha korxonalaridan olib kelib o`rnatilgan qurilma va jihozlar mavjud. Kafedrada ilmiy ishlar va izlanishlar ham keng yo`lga qo`yilgan. 2019 yilda kafedra katta o`qituvchlari O. Rayimjonova TDTU professori Yu.G.Shipulin rahbarligida “Nazorat va boshqarish sistemalari uchun gaz oqimlarining parametrlarini gibrid o’zgartirgichlarini takomillashtirish”, R.A.Nurdinova FarPI professori A.M.Kasimoxunova boshchiligida “Generator tipidagi fotoqabul qilgich qurilmasini yaratish” mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar va PhD ilmiy darajasini oldilar. Kafedra assistenti N.Mamasodiqova esa TDTU professori I.X.Siddiqov rahbarligida “Moy ekstraksiyalash jarayoni texnologik parametrlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimi” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Kafedra professor – o‘qituvchilari respublika va xalqaro uslubiy seminarlar va anjumanlarning ishlarida faol qatnashib kelmoqda,  hamda, yangi innovatsion texnologiyalar sohasida o’z izlanishlarini olib bormoqdalar. Teleommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan o’qitiladigan 32 ta fanlarning o’quv uslubiy majmualari, ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlaridan uslubiy ko’rsatmalarini zamon talablari bo’yicha tayyorlanmoqdalar va axborot resurs markaziga ushbu fanlar o’tiladigan adabiyotlar qatori taqdim etib kelmoqda.

Kafedra oldidagi vazifalar

“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi jamoasining oldida turgan asosiy vazifalardan biri zamonaviy telekommunikatsiya uskunalariga xizmat ko’rsatuvchi, raqobatbardosh, yetuk kadrlarni yetishtirish hamda o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo’yilgan. Hozirda kafedrada 1 ta professor, 4 ta dotsent, 6 nafar katta o’qituvchi, 11 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.

Kafedra mutaxassislik yo’nalishlari:  

  • 60611000 – «Telekommunikatsiya texnologiyalari» (Telekommunikatsiyalar)
  • 70611001 – «Telekommunikatsiya injiniringi» (Teleradioeshittirish)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati:

1.Elektronika va sxemalar 1.

2.Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish.

3.Tizimlar va signallarni qayta ishlash.

4.Optik aloqa tizimlari.

5.Multimedia aloqa tarmoqlari.

6.Amaliy televideniya texnologiyalari.

7.Virtual tarmoq texnologiyalari

8.Tarmoqni dasturlash asoslari.

9.Telekommunikatsiyada dasturlash strukturasi.

10.Telekommunikatsiya transport tarmog’i texnologiyalari.

11.Kelajak tarmoqlari.

12.Ma’lumotlar uzatish asoslari.

13.Multimediali aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish asoslari

14.Video va audio signallarini raqamli qayta ishlash.

15.Bulutli texnologiyalar

16.Elektronika va sxemalar 2.

17.Simsiz tarmoqlar.

18.Signallarga raqamli ishlov berish.

19.Keyingi avlod konvergent tarmoqlari.

20.Raqamli teleradioeshittirish tizimlari.

21.Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish asoslari.

22.Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish.

23.Video va audio signallarni qayta ishlash.

24.Internet of Things (IoT).

25.Studiya va studiyadan tashqari eshittirishlarni tashkil etish.

26.Zamonaviy teleradiotizimlarning antenna qurilmalari.

Kafedra professor-o’qituvchilar ro’yxati:

  • Rayimjonova Odinaxon Sodiqovna – kafedra mudiri, dotsent.
  • Iskandarov Usmonali Umarovich – katta o‘qituvchi
  • Turgunov Bekzod Abduvositovich – katta o‘qituvchi
  • Xalilov Muxammadmuso Muxammadyunusovich – katta o‘qituvchi
  • Jo‘rayeva Gulnoza Fazlitdinovna – katta o‘qituvchi
  • Dalibekov Lochinbek Rustambekovich – katta o‘qituvchi
  • Ergashev Shaxboz Umarali o‘g‘li – assistent
  • Komilov Abdullajon Odiljon o‘g‘li – assistent
  • Ergashev Sanjarbek Sobirjon o’g’li – assistent
  • Tillaboev Muxiddin G’anijonovich – assistent
  • Komilov Davron Rashidjon o’g’li – assistent
  • Maxmudov Isroil Abdullayevich – assistant
  • Xusanova Sohibaxon Shoirjon qizi – assistant
  • Abdusamatov Xasanboy Abduraxim o’g’li – assistent

Kafedrada o’rindosh professor-o’qituvchilar ro’yxati:

  • Ergashev Sirojiddin Fayazovich – professor
  • Jo‘rayev Nurmaxamad Mamatovich – dotsent
  • Djalilov Baxromjon Odiljonovich – dotsent
  • Nurdinova Roziyaxon Abduvosidovna – dotsent
  • Nosirov Muzaffar Asqarovich – katta o’qituvchi
  • Abdusamatov Doniyor Abduraxim o’g’li – assistent
  • Madaminov Muhriddin Ro’ziboy o’g’li – assistent
  • Ismoilov Abrorjon Hasanboy o’g’li – assistent

Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan professor-o’qituvchilar:

  • “Magistral turboprovodlardagi gaz va suyuqliklarni oqimini nazorat va diognostika qilishning texnik , algoritmik, dasturiy ta’minoti va uslublari” (O.Rayimjonova )
  • “PbTe, PbS polikristall yupqa pardalarning strukturaviy, optik, fotoelektrik xususiyatlarini tadqiq qilish va ular asosida asboblar yaratish (M.Xalilov).
  • “Tashqi elektr maydonisiz yorug‘lik ta’sirida elektr maydoni olish va ulardan fotoelektretlarni olishda foydalanish” (B.Turg’unov)
  • “AFN-elementlarda fotoelektret xolat va uning amaliyoti (SI,AsGa,GaAs)” (L.Dalibekov)
  • Anomal foto kuchlanish jarayonini tadqiq qilish (N.Jo’raеv)
  • “Ma’lumot olish uchun lazerli mikrofonni tadqiq etish” (U.Iskandarov)
  • “Quyosh radiatsiyasidan oddiy yorug‘lik oladigan qurilma yaratish va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanishning ilmiy texnik asoslarini aniqlash” (G.Jo’rayeva)
  • “Texnologik jarayonlarni masofadan boshqarish tizimlarini loyixalash va tadqiq etish” (Sh.Ergashev)
  • “Farg‘ona viloyati avtonom iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan kompleks foydalanish”  (M.Tillaboyev)
  • “Qishloq xo‘jaligi iste’molchilarini geotermal va quyosh energiyasidan foydalangan holda elektr energiyasi bilan ta’minlash” (A.Komilov)

Xo’jalik shartnomasi bo’yicha qilingan ishlar:

  • Viloyatdagi “O‘zbektelekom” AK bilan “Повышение эффективности функционирования систем электроснабжения предприятия телекоммуникации Ферганского филиала АК Узбектелеком с использованием алтернативных источников энергии” nomli 29.500.000 (yigirma to‘qqiz million besh yuz ming) so‘mlik TI-2/20 sonli (21.10.2020) xo‘jalik shartnomasi;
  • Farg‘ona viloyati Raqamli texnologiyalar markazi bilan «Разработка оптималных решений по использованию телекоммуникационных технологий в системе Интернет вещей» nomli 10.000.000 (o‘n million)  so‘mlik TI/2-21 sonli (22.11.2021) xo‘jalik shartnomasi;
  • «Повышение эффективности функционирования систем электроснабжения производственных объектов Ферганского филиала AK «UZBEKTELEKOM» с использованием алтернативных источников энергии» nomli 105.000.000 (bir yuz besh million)  so‘mlik  TI/1-21 sonli (24.11.2021) xo‘jalik shartnomasi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yxati:

  • N.M.Jo’rayev. «Tеlеkommunikatsiya uzatish tizimlariga tеxnik xizmat ko’rsatish»
  • N.M.Jo’rayev, B.A.Turgunov. «Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish va loyihalash»
  • B.A.Turgunov. «Tеlеkommunikatsiya tizim va tarmoqlarini modеllashtirish asoslari» 
  • N.M.Jo’rayev, B.A.Turgunov «Keng polosali tarmoqlar»
  • N.M.Jo’rayev «Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish»
  • N.M.Jo’rayev. “Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish”
  • B.Djalilov, R.Nurdinova, O.Rayimjonova. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”
  • O.Rayimjonova, B.Djalilov, G.Jo‘rayeva, Sh.Ergashev. “Raqamli elektronika”
  • O.Rayimjonova. “Magistral turboprovodlardagi gaz va suyuqliklarni oqimini nazorat va diagnostika qilishning texnik, algoritmik, dasturiy ta’minoti va uslublari”
  • R.I.Isayev, N.M.Jo’rayev, U.U.Iskandarov «Tarmoq protokollari»
  • O.Rayimjonova, G.Jo‘rayeva, Sh.Ergashev. “Elektronika va sxemalar”
  • N.M.Jo‘rayev. “Multimedia aloqa tarmoqlarini loyihalash va xizmat ko‘rsatish”.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yxati:

Lavozim yo’riqnomalari: