Gumanitar fanlar va xorijiy tillar kafedrasi

Kafedra mudiri:

Ganieva Dildora Azizovna

Tel: +99899 998 19 86

Email: dganieva86@gmail.com

Kafedra haqida: tarixi, faoliyat yo’nalishlari

Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi 2005 yil tashkil etilgan. 2005-2015 yillarda  tarix fanlari nomzodi U. Saliev, falsafa fanlari nomzodi, dotsent N. Usmonov, falsafa fnlari nomzodi  SH. Holmatov, iqtisod fanlari nomzodi G. Maxmudova, I. Rustamovlar kafedra mudiri lavozimida ishlaganlar.  2015 yil sentyabr oyidan buyon Sh.Xolmatov kafedra mudiri etib  tayinlangan. Tillar kafedrasi 2010-yil 13-dekabrda tillar va sport kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 2012-yil 6-iyuldan tillar kafedrasi nomi berildi. Dastlabki kafedra mudiri sifatida filolgiya fanlari nomzodi dotsent Y.Saidov 2010-2011-yillarda rahbarlik qilgan.  2011-2012-yillarda pedagogika fanlari nomzodi dotsent Y.Ismoilov rahbarlik qildi va 2012-2019 yillarda katta o‘qituvchi N.Qurbonov rahbarlik qildi. 2019-yil 31-avgustda Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi va tillar kafedrasi qo’shilib gumanitar fanlar va xorijiy tillar kafedrasi tashkil etildi. Hozirda filolgiya fanlari nomzodi dotsent  D. Ganieva kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlarida, magistraturaning barcha mutaxassisliklarida amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Kafedra a’zolari 17 ta professor-o‘qituvchilardan iborat, shuningdek, 1 ta kabinet mudiridan iborat. Professor-o‘qituvchilardan 1 nafari kafedra mudiri, 1 professor, 4 nafari dotsent, 5 nafari katta o‘qituvchi,  6 nafari assistent lavozimida ishlaydi.Kafedrada TATU, FarDU, FarPI, Toshkent tibbiyot instituti Farg‘ona filiali, ADU va NamDU tillar, jismoniy tarbiya va sport kafedralari bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

Kafedrada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari yangi pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish, samarali o‘qitish uslublarini joriy etish mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar hamda kafedra a’zolari xalqaro, respublika va filial miqiyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z maqola va tezislari bilan qatnashib kelmoqda.  Bundan tashqari kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarini o‘tab kelgan.

Kafedrada ilmiy-uslubiy seminar har o‘quv yilida reja asosida ish olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy-uslubiy seminarlarida uslubiy ko‘rsatmalar, ilmiy maqolalar, yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganish va ta’lim jarayonida qo‘llash masalalari ko‘rib chiqilgan va bu o‘z samarasini bermoqda.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir fan o‘qituvchisi tomonidan iqtidorli talabalar jalb qilingan bo‘lib, ularga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Bundan tshqari kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingan va haftada bir marta har bir fandan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ushbu to‘garaklarga talabalarning qiziqishlari katta

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha

  • Ingliz tili;
  • Akademik yozuv;
  • O’zbekiston tarixi;
  • Biznesni boshqarish jarayonlari;
  • Falsafa;
  • Dinshunoslik;
  • Fuqarolik jamiyati, Milliy g’oya: O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi
  • Jismoniy madaniyat

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishlari quyidagicha:

  1. Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy boshqaruv madaniyatini shakllantirishning hususiyatlari;
  2. Zamonaviy biznes boshqaruvi tamoyillari;
  3. til o‘rganish va til o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari rivojlanish tendensiyalari;
  4. barkamol avlod tarbiyasi: yondashuvlar, muammolar yechimlari va asosiy omillar;
  5. yoshlar siyosiy madaniyati, uning shakllanish tendensiyalari;

bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi.