O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg’armasi 1- stipendiya tanlovining 2-bosqich imtixonlari bo’lib o’tdi

2019 yil 30 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg’armasi 1-stipendiya tanlovlarining 2-bosqichi boshlandi. Mazkur bosqichda nomzodlarning xorijiy tillarini bilishlari darajasi baholandi.

«El-yurt umidi» jamg’armasi 1-stipendiya tanlovlariga hujjat topshirgan 2370 nomzodning 1561 nafari (65,9%) 2-bosqichga tavsiya etilgan bo’lib, ular 11 ta tanlov o’tkazish yo’nalishlari bo’yicha xorijiy tillarini bilish borasida suhbatdan o’tishdi.

Манба: eyuf.uz

Suhbatlar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida o’tkazildi. Unda 11 ta komissiya tarkibida Oliy ta’lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, «El-yurt umidi» jamg’armasi, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti, Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti, Inxa universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti olimlari, mutaxassislari va ekspertlari, xuddi shuningdek xorijiy tillar (30 yanvarda rus tili, 31 yanvarda boshqa 8 ta xorijiy tillar va 1 fevralda ingliz tili) bo’yicha ekspertlar (jami 60 dan ortiq) ishtirok etdilar.

Bundan tashqari, suhbatlarni baholashga ayrim vazirlik va idoralar, “Taraqqiyot strategiyasi”

markazi, “Buyuk kelajak” Ekspertlar kengashining eng iqtidorli, ilg’or xalqaro tajribaga ega bo’lgan ekspertlari ham jalb etilgan.

Eslatib o’tamiz, «El-yurt umidi» jamg’armasi stipendiya tanlovlari tartib-qoidalariga ko’ra

suhbatdan o’ta olmagan nomzodlar Tanlov komissiyasiga belgilangan tartibda 3 kun muddat

ichida Apellyatsiya shikoyati bilan murojaat etishlari mumkin.

Suhbat jarayonlari 2 fevralga qadar davom etadi.