2018 yilning 29 sentyabr – shanba kuni filialda 1- oktyabr - “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.


2018 yilning 29 sentyabr – shanba kuni filialda 1- oktyabr - “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Filialning barcha kafedralari va bo'limlari tashkillashtirilgan bayram dasturxonida ishtirok etdilar.
2017-2018 o'quv yilida jamotchilik ishlarida, ilmiy sohalarda filial ravnaqiga hissa qo'shgan, shuningdek mehmon bo'lib tadbirda ishtirok etgan nuroniy professor-o'qituvchilar va ishchi xodimlarga filial birlashgan Kasaba uyushmasi va Xotin-qizlar kengashi tomonidan esdalik sovg'alar va faxriy yorliqlar topshirildi. Oliy va o'rta ma'xsus ta'lim vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 87-02-2633-sonli xati ijrosi yuzasidan filial Sport klubi rahbari boshchiligida 1- oktyabr - “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan filial professor-o'qituvchilar, ishchi xodimlari va talabalari o'rtasida sportning ommaviy turlaridan tanlov asosida 3 ta turi bo'yicha “Direktor kubogi”ga musobaqa bo'lib o'tdi. G'olshiblar aniqlanib, 2018 yilning 29 sentyabr – shanba kungi Bayram tadbiri badiiy qismida ular filial birlashgan Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg'alar va direktor tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Filialda faollik ko'rsatib kelayotgan O'quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, f.m.f.doktori, professor A.Rasulov nomzodi “O'qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan Oliy va o'rta ma'xsus ta'lim vazirligi tomonidan rag'batlantirishga tavsiya etildi va vazirlikning 804-sonli buyrug'iga asosan taqdirlandi.


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018