Filialda Smart_Club innovatsion guruhi faoliyat boshladi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida iqtdorli-izlanuvchan talabalar uchun Smart_Club innovatsion guruhi tashkil etilgan bo’lib, bugun ushbu guruhning navbatdagi seminari bo’lib o’tdi. Seminarda filial Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari F. Mulaydinov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i B.Tolipov,  Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi M.Adxamov, shuningdek, O’zLiDeP Farg’ona viloyat Kengashi huzuridagi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Y.Yusupov, viloyatimizdagi faol tadbirkor, Farg’ona viloyat hududiy departamenti “Alfa Invest” sug’urta tashkiloti rahbari I. Sodiqov, ekspertlar guruhi a’zolari bo’lgan professor-o’qituvchilardan B. Djalilov, Sh. O’ktamjonov, M. Mannonov, B. Husanov, Farg’ona shahar 25-umumta’lim maktabi 9-sinf o’quvchisi I. Aliyev hamda Smart_Club innovatsion guruhi a’zolari – iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Seminarni  F. Mulaydinov  ochib berdi. Seminar davomida Smart_Club innovatsion guruhi  a’zolari o’zlarining innovatsion loyihalarini tadbir ishtirokchilariga  taqdim etdilar. Taqdimotda filial talabalari- Smart_Club innovatsion guruhi a’zolari H.Umarov, A.Tursunboyev, J. Shakirov, Sh. Hoshimjonov, F. Kenjayeva va o’quvchi I. Aliyevlar turli mavzulardagi o’z loyihalarini namoyish etdilar.

Tadbirga taklif etilgan Y. Yusupov, I. Sodiqov va ekspertlar guruhi a’zolari loyiha egalariga o’zlarining kerakli taklif va tavsiyalarini berdilar.

Tadbir yakunida Smart_Club innovatsion guruhi a’zolari har haftada shunday seminar va taqdimotlar tashkil etishga kelishib oldilar.


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018