“Informatika” fanidan mintaqaviy fan olimpiadasi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2018 yil 16 yanvarda tasdiqlangan “Madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shni markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi”ning ijrosi to‘g‘risida”gi 24-XFU sonli buyrug‘iga asosan “Informatika” fanidan mintaqaviy fan olimpiadasi tashkil etildi.
Olimpiada respublikamiz xamda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Dastlabki bosqich beshta xududda bo‘lib o‘tdi. Vodiy viloyatlari va Qirg‘iziston respublikasi Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xududiy bosqichda filialimizning TT va KT fakulteti 640-16 gurux talabasi Shokirov Sarvarbek va ilmiy raxbar Xashimov Axmadjon faol qatnashib yakuniy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Olimpiadaning yakuniy bosqichi Toshkent davlat pedagogika universitetida 29-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan. Musobaqada xududiy bosqichdan o‘tgan 28 nafar talabalar qatnashdilar.
Musobaqalar ikki bosqichda dasturiy masalalar ishlash va test ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra fakulьteti 640-16 gurux talabasi Shokirov Sarvarbek jami 154 ball to‘plab, faxrli 3-o‘rinni egalladi xamda faxriy kubok va diplom bilan taqdirlandi.


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018