TATU Farg'ona filiali "INNOWEEK 2018" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etdi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali “INNOWEEK-2018”

                                         ko‘rgazmasida ishtiroki to‘g‘rsida

                                                         MA’LUMOT

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali “Kompyuter injiringi”

fakulteti  “Axborot texnologiyalari”  kafedrasi assistenti Mannanov Muzaffar  va 613-16 gurux 3-kurs talabasi Xojiyev 

Kamoliddin bilan Toshkent shaxrida 2018 yil  22-26 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan xalqaro “INNOWEEK-2018” ko‘rgazmasida

muvaffaqiyatli qatnashdi.

Ko‘rgazma xalqaro miqyosida bo‘lganligi sababli katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan

Koreya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan ishtirokchilar qatnashgan

Robotexnika chempionatida filial jamoasi o‘zi yaratgan robot mashina bilan  “Arduino Sumo” yo‘nalishida qatnashdi.

Bu yo‘nalish bo‘yicha “Toshkent Turin politexnika instituti”, “INHA universiteti”, “Toshkent Texnika instituti”,

“Innovatsiya vazirligi”, “Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti” va Nukus, Farg‘ona filiallari qatnashdi.

Poligonda, diametri 1 metrli, chegarasi 3 sm.li qora chiziq tortilgan aylanada, “Arduino Sumo” robot mashinalari

musobaqasi quyidagi 3 ta shartlar bilan qatnashishi shart edi:

1-shart. Robot mashinalari 20 sm masofa uzoqlikda yuzma-yuz turgan xolida rakibini qidirib topib, maydondan

chiqirib yuborishi kerak;

2-shart. Robot mashinalari 20 sm masofa uzoqlikda yonma-yon turgan xolida rakibini qidirib topib maydondan

chiqirib yuborishi kerak;

3-shart. Robot mashinalari 20 sm masofa uzoqlikda bir-birga teskari turgan xolida raqibini qidirib topib maydondan

chiqirib yuborishi kerak;

Yuqoridagi shartlarni to‘liq bajarganligi bo‘yicha “Toshkent Turin politexnika instutiti”ning robot mashinasi 1-o‘rinni,

“Innovatsiya vazirligi”ning robot mashinasi 2-o‘rinni, “Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti”ning robot

mashinasi 3-o‘rinni egalashdi.

Shuningdek, filial jamoasi ko‘rgazmada faol ishtirok etganligi uchun “INNOWEEK-2018”  sertifikati bilan taqdirlandi.

                       

                   


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018