Filialda “Startap-tashabbuslari” dasturi 3-bosqich seminar-treningi bo‘lib o‘tmoqda


Oliy ta’lim muassasalari izlanuvchan va tashabbuskor yosh olimlari va iqtidorli talabalari uchun “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan “Startap-tashabbuslari” dasturi bo‘yicha Startupchamber.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tgan innovatsion g‘oyalar va loyihalar bo‘yicha Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyati yoshlari uchun joriy yilning 20-21 noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali katta majlislar zalida 3-bosqich seminar-trening tashkil etildi. 2018 yil 20 noyabr kuni soat 9-00 bo‘lib o‘tgan seminar-treningning ochilishida filial direktori, professor A.Rasulov ishtirok etib, seminar-trening faoliyatiga va barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Mazkur seminar-treningda Farg‘ona viloyatidan 12 ta, Andijon viloyatidan 8 ta, Namangan viloyatidan 5 ta ishlanma va loyihalar mualliflari bo‘lgan  izlanuvchan va tashabbuskor yoshlar, jumladan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Mulaydinov umumiy rahbarligida filialdan 11 ta loyiha mualliflari faol qatnashmoqdalar. Startap loyihalari koordinatori Usmonjon Rahimjonov ishtirokchilarga mahorat darslarini o‘tmoqda.


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018