Filialimizga Kemerova davlat universiteti Amaliy informatika kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Yuriy Aleksandrovich Stepanov tashrif buyurdi


2018 yil 24 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga Rossiya davlatining Kemerova davlat universiteti Amaliy informatika kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Yuriy Aleksandrovich Stepanov tashrif buyurib,  filialning 2-, 3-, 4-bosqich 95 nafar talabalariga  "Dasturiy ta’minotning bozor iqtisodiyoti bilan munosabati" mavzusida ma’ruza qildi, 40 nafar yosh izlanuvchi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvda esa tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishning metodologik asoslari to‘g‘risida suhbatlashdi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoban atroflicha o‘z fikrlarini bildirdi. Filial ma’muriyati va Kemerova davlat universiteti o‘rtasida kelgusida ilmiy  hamkorlik olib borish bo‘yicha kelishib olindi.


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018