8 dekabr–“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" uchun bag'ishlangan tadbir


8 dekabr–“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustaxkam poydevoridir” mavzusida O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda D.Mamadjonova (O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi raisi) A.Rayimov (filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i), D.Ahmedov (Farg‘ona shaxar Adliya bo‘limi boshlig‘i), A.Nabiyev (O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi deputati), Kompyuter injiniringi va Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultetlari talabalari (jami 140 nafar talaba) ishtirok etdilar.


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018