8 dekabr–“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri


2018 yilning 6 dekabr kuni filialning katta majlislar zalida soat 13:30da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi kuni munosabati bilan filialda ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni filial direktori kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida filial fakultetlari orasida o‘tkazilgan “Zakovat” turnirining bayram dasturi g‘oliblari (1-, 2-, 3- o‘rin komandalari)ni taqdirladi.

Filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov kirish so‘zga chiqib, filialga tashrif buyurgan mehmonlarni tadbir ishtirokchilariga birma-bir tanishtirib o‘tdi., Farg‘ona shaxri, Respublika miqyosida yoshlar orasida qonun va qonun osti hujjatlari davriy ravishda har hafta “Axborot soati” va “Murabbiylik soatlari”da talaba-yoshlarga keng tushuntirish ishlari olib borilayotganligi haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berib o‘tdi.

Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti 640-18 guruh iqtidorli talabasi Esonov Nodirbek tomonidan Vatan madhini o‘zida mujassam egan she’r bilan tadbirni davom ettirdi.

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismi boshlandi. Sahnaga uyushmagan yoshlar bilan hamkorlikda filialning “Mini Android” jamoasi dasturi boshlanib, o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarga bayramona hursandchilik ulashdi.

Tadbirning ikkinchi kunida Kompyuter injiniringi va Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultetlari talabalaridan jami 180 nafar talabasi ishtirok etdilar.

         Tadbir fotolavhalari ilova qilinadi.

 

O‘ va TIB direktor o‘rinbosari                                            I.Tojiboyev

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                            A.Rayimov


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018