2018 yil 15 dekabr kuni davra suxbati o‘tkazildi.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

TABIIY FANLAR KAFEDRASI

2018 yil 15 dekabr kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish qatnashchilari bilan

 davra suxbati o‘tkazildi.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi

TATU Farg‘ona filiali

“Tabiiy fanlar” kafedrasida Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish qatnashchilari bilan davra suxbati

Farg‘ona sh.                                                           15 dekabr  2018 yil

 

­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­Ishtirok etdilar: Filial   o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari  I.Tojiboyev,    “Tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri  dots. S.S.Sabirov va Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish eshituvilari.

 

Kun tartibi:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarisohasini yanada takomillashtirish chora-tadbilari” to‘g‘risidagi Farmoni,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 569-son “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori  bo‘yicha davra suxbati.

 Kun tartibidagi masala bo‘yich filial   o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari  I.Tojiboyev  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 569-son “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning mintaqaviy filiallarida ta’limning kredit tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydigan YO‘RIQNOMAsi bilan qatnashchilarni tanishtirdi.

I.Tojiboyev so‘zida davom etib qo‘yidagilarga to‘xtalib, bugungi kunda  har bir talaba zamonaviy mutaxassis,  kasbiy kompetentlilik bilan birga noodatiy vaziyatlarda qaror qabul qilish, jamoada ishlash, axborotni mustaqil olish, tahlil qilish, samarali foydalanish, o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvchanlik talab etilishini  uqtirib o‘tdi. O‘qitishning kredit tizimi  sanab o‘tilgan jihatlarga ega kadrlarni tayyorlashga keng imkoniyat yaratishini aytib o‘tdi.

Kredit  tizimda dars interfaol shaklda o‘tilishini va hafta davomida talabani mustaqil ishlashga yo‘naltirilishi, hafta  oxirida har bir o‘qituvchi mashg‘ulot natijalarini jamlaydi va talabalar haftalik reytingi bilan tanishishi, tahsil oluvchi o‘z yo‘nalishi muvaffaqiyatidagi o‘sish yoki tushishini ko‘rishi mumkinligini aytib o‘tdi.

 

 

Filialdagi  kafedralar  tarkibidagi  birinchi kursda o‘qitiladigan fanlar  (2018-2019 o‘quv yilidan boshlab kredit tizimida o‘qitilmoqda), yangi talablar asosida o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi. Majmualar,  o‘quv, uslubiy sohalarga taaluqli bo‘lgan, fanning barcha jihatlarni qamrab olgan materiallardan iborat. Ushbu materiallar darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar, ma’ruza matnlari, namunaviy, ishchi o‘quv dasturlari, elektron o‘qitish vositalari, materiallari, so‘rovnomalar, glossariy, dars o‘tish texnologik kartalari, yangi pedagogik texnologiyalarning  qo‘llanilishi, joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarni o‘z ichiga olgan. Yangi O‘quv uslubiy majmualarni tayyorlashda ularning tarkibiga quyidagi turdagi materiallar kiritilishi tavsiya etiladi.

  1. Fanning o‘quv dasturi (namunaviy va ishchi);
  2. Har bir mavzu uchun o‘quv – metodik material;

-Mavzular xorijiy materiallar bilan 50-70% ga boyitilgan   Har bir mavzuda qaysi xorijiy manba ishlatilganligi, uning beti izoh (snoska) shaklida keltirililgan

- Ayrim mavzularning xususiyatlaridan kelib chiqib mahalliy manbalar ham ishlatilishi mumkin;

  1. Glossariy (o‘zbek, rus va ingliz tilida);
  2. Fan bo‘yicha xorijiy adabiyotlar (elektron shaklda);
  3. Har bir mavzu uchun taqdimotlar (elektron shaklda);
  4. Qo‘shimcha o‘quv va ilmiy material (maqolalar) (elektron shaklda);
  5. Mavzuni o‘zlashtirilishi uchun qo‘shimcha videolar, keys-stadilar va hakazo materiallar (elektron shaklda) bo‘lishi shart.

Har bir fan, uning ishchi o‘quv rejasi asosida tahlili, auditoriya soatlari: ma’ruza, amaliyot, laboratoriya ishlari, shuningdek mustaqil o‘rganish uchun ajratilgan materiallar, internetdan olingan qo‘shimcha adabiyotlar va zarur uslubiy materiallar kiritililgan va o‘quv-uslubiy majmualarning yaratililgan   Tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmualar taxlil qilingan, to‘la ko‘rib chiqildi va kamchiliklari aniqlandi. Ayrim materiallarning to‘liq emasligi aniqlandi va tez fursatda kamchiliklar tuzatilidi,  foydalanishga tayyor bo‘ldi. 

Talabalar bilimini nazorat qilish turlari bo‘yicha fanning nazorat jadvallari, nazorat turlari va shakllari nazorat soni hamda oraliq nazoratlar uchun belgilangan maksimal va saralash ballari kafedra mudiri tavsiyasi bilan o‘quv-uslubiy kengashida muxokama qilinishi va tasdiqlanishi hamda har bir fanning ishchi o‘quv dasturida mashg‘ulot turlari bilan birgalikda ko‘rsatildi. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun kafedrada oraliq va yakuniy nazorat turlari o‘tkazildi.

Oraliq nazorat semestr davomida o‘quv dasturning tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli oraliq nazoratning soni (4 kreditgacha bo‘lgan fanga bir martadan, to‘rt kreditdan boshlab ikki marta) va shakli (yozma, og‘zaki, test va hakazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy kreditlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilandi. Oraliq nazorat turining topshiriqlari kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilishi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Talabaning oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olindi.

Yakuniy nazorat fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarning talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanishi va yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” yoki “Test” yoki “Kompyuter dasturlari  yordamida amaliy ish bajarish” shaklida o‘tkaziladi.

Shu sababli har bir bir professor-o‘qituvchi o‘zlariga tegishli bo‘lgan fanlar bo‘yicha o‘quv semestrining to‘rtinchi haftasi boshlanishidan kechikmagan holda yakuniy nazorat o‘tkazdilar vabelgilangan shakllar asosida yakuniy nazorat savollarini Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limiga taqdim qilishladilar.

Talabaning har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalari 5 ballik tizimda amalga oshirilishi, o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanishi hamda yakunda ballar ta’limnin kredit tizimi to‘g‘risidagi nizomning 8-ilovasi asosida 5 baholik tizimga konvrtatsiya qilinadi, 100 ballik nazorat turlari bo‘yicha oraliq nazoratlarga – 50 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 50 ball kafedra tomonidan ma’ruza, amaliy,   hamda laboratoriya mashg‘ulotlariga), yakuniy nazorat – 50 ball (filial tomonidan o‘tkaziladi)..

Talaba quyidagi holatlarda, agar talabaning semestrda ma’ruza, amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha to‘plagan ballari nazoaratlarni majburiy topshirilishini hisobga olgan holda ushbu nazorat turlari umumiy ballining 60 foizdan kam bo‘lsa, agar talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha to‘lagan ballari ushbu nazorat turi umumiy ballining 60 foizidan kam bo‘lsa, bir fandan 5 auditoriya mashg‘ulotini (10 soat) sababsiz qoldirgan bo‘lsa, talaba avtomatik ravishda yakuniy nazoratga kiritilmasligini va kredit o‘zlashtirilmaganligini, talaba akademik qarzdorligi bo‘lgan fanidan qayta ta’lim olish uchun ta’til vaqtida  o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ekanligini, qayta o‘qitsh davomida talaba mazkur yo‘riqnoma asosida baholanishi, akademik qarzdor talabaga qayta topshirishda nazoratlar uchun ajratilgan maksimal ballning 60 foizdan ortiq ball qo‘yilishi mmkin emasligi va talaba  akdemik qarzdor ekanligini yana bir bor kafedra professor-o‘qituvchilarga yetkazildi.

Qatnashchilar tomonidan berilgan har bir savollarga  filial o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Tojiboyev o‘rinli javoblar berdi.

 

  “Tabiiy fanlar” kafedrasi:                           dots.S.S.Sabirov


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018