O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasini o‘rganish yuzasidan Press-konferensiya o'tkazildi


2019 yil 8 yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasini o‘rganish, undan kelib chiqadigan vazifalar hamda filial jamoasi oldida turgan vazifalar bo‘yicha press-konferensiya bo‘lib o‘tdi. Press-konferensiyada filialning direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda barcha professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Press-konferensiyani filial direktori, professor A.Rasulov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi nafaqat Respublikamizda balki dunyo siyosatchilari tomonidan keng o‘rganib kelinayotganligi, haqiqatdan ham mazkur murojaatnomada bayon etilgan fikrlar, rejalar, mamlakatimiz taraqqiyotini xalqimiz faravonligini yanada yuksak bosqichlarga ko‘tarishga bevosita xizmat qilishiga hamda murojaatnomadagi vazifalardan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari oldida turgan asosiy vazifalarni batafsil bayon qilib berdi. Shuningdek, Prezidentimizning Murojaatnomasida 2018 yil mobaynida amalga oshiriligan ishlar sarxisobi hamda 2019 yilgan belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, filialda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Sh.Xolmatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va maqsad vazifalari haqida to‘xtalib, konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib o‘tdi. Press-konferensiyada filialning o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Tojiboyev so‘zga chiqib, Murojaatnomadan kelib chiqib, yurtimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu qatorida Oliy ta’lim sohasiga qaratilgan barcha vazifalar, ya’ni hozirgi kunda ta’lim berish sifatini yaxshilash, xorijiy ta’lim tajribalaridan foydalanib, yuksak malakali kadrlar tarbiyalash, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash asosiy vazifa ekanligini aytib o‘tdi.

Press-konferensiyada yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan savol-javoblar, debat-suhbatlar o‘tkazildi. Press-konferensiya yakunida filial direktori so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining Murojaatnomadagi nutqi bo‘yicha, oldimiza qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirish zarurligi yuzasida alohida to‘xtalib, loqaydlik beparvolik, dangasalik eng yomon illat ekanligi qayta-qayta takrorlab o‘tdi. Press-konfrerensiya yakunida barcha jamoa a’zolarini yangi boshlangan 2019 yil bilan tabriklab, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnat qilayotganlarga yangidan-yangi zafarlar, oilaviy baxt, tinchlik, xotirjamlik hamda mustahkam sog‘lik tilab, barcha jamoa a’zolarini yangi yil bilan qutladi.

Mazkur murojaatnoma filialning fakultet va kafedralari hamda akademik guruhlar kesimida o‘rganish davom etmoqda.

 

 

TATU Farg‘ona filiali matbuot kotibi


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018