14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni.


14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni bilan barcha hamyurtlarimizni tabriklaymiz.

Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz, 
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz, 
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan 
Nomus-ori, e’tiqodi but ASKAR. 

Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga, 
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga. 
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan, 
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz ASKAR. 

Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan, 
Vatan sizga yarashgaymi yo ASKAR? 
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan, 
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan. 

Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz, 
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz. 
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan- 
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q ASKAR!. 


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018