Sturt-up loyihalar bo'yicha uchrashuv


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida 2018-yil 7-sentabr kuni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari F.Mulaydinov filial talabalari bilan inovatsion g’oya va start-up loyihalarni intensiv qo’llab quvvatlash dasturi yuzasidan uchrashuvlar o’tkazdi. F.Mulaydinov mazkur tadbirda Kompyuter injiniringi fakultetining 4-bosqich 610-15,  611-15, 612-15, 613-15, 614-15-guruh talabalari, 2-bosqich 613-17, 614-17, 615-17 – guruh talabalari, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetining 1-bosqich 650-18, 651-18, 652-18, 653-18, 654-18 – guruh talabalari jami 295 nafar talaba yoshlar bilan suhbatlashib, targ’ibot-tushuntirish ishlarini olib bordi. Uchrashuvlar filialning 121-, 113-auditoriyalari va katta majlislar zalida tashkil etildi.

 

 


Qaytish



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018