Filialda Innovatsiya markazi ochildi


2018-2019 o'quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filialida ham ilmiy-innovatsion yo'nalishda bir qator  ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 3697-sonli qarori ijrosi yuzasidan filialimizda ham Innovatsiya markazi ochildi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari Farxod Mulaydinov Farg'ona shahrining innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o'tkazish va o'zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar, ya'ni mazkur Innovatsiya markazi rahbari vazifasida faoliyat boshladi. Filialimizda Innovatsiya markazi tashkil etilgani to'g'risida “Xalq so'zi” gazetasining 2018 yil 21 sentyabrdagi 195-sonida yoritildi.


Qaytish



© MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG'ONA FILIALI 2018