Bo’lim boshlig’i

Rayimov Abdulhamid Abdulhakimovich

Tel:   (+99873)226-82-33

E-mail: abdulhamid-250@umail.uz

 

 

Bo’lim faoliyati.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha director o’rinbosari boshchiligida faoliyat yuritib keladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha director o’rinbosari vazifasini Tojiboyev Ibrohim Tojaliyevich bajarmoqda. Bo’limda rahbar, 1 nafar metodist faoliyat yuritadi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi filial doirasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tasdiqlangan reja asosida olib borib, fakultetlar va talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlaydi.

Bo’lim O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Farg’ona viloyati va shaxar hokimiyatlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi har o’quv yili boshida yuqorida ko’rsatilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda filial miqiyosida o’tkaziladigan tadbirlar rejasini tuzadi va ularni amalga oshiradi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar rahbar organlarga taqdim etiladi.