12-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida UIC Group jamoasi tomonidan filial talabalariga mahorat darslari bo’lib o’tdi

Jamoa a’zolari talabalar bilan:
✅Dasturchilarning real hayoti
✅Dizayner dasturlashni bilishi kerakmi yoki dasturchi dizaynni?
✅Sifatli loyiha o’zi qanday bo’ladi?
✅Farg’onada IT sohasi istiqbollari mavzularida ochiq suhbat olib bordilar.

Undan tashqari UIC Group jamoasi talabalarga ishga kirish va unga oid bilimlar, ish rejimini to’g’ri taqsimlash, dasturchilarning xatolari to’g’risida ham ma’lumot berdilar.

Ushbu ochiq muloqotdan talabalar o’zlarining bilim va ko’nikmalarini oshirdilar va qiziqqan savollariga javob oldilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati