2021 yil 28 iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida “TATU PRESS-KLUBI”ning (“PRESS CLUB”) tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbirda Filialimizda tashkil etilgan studiyadan ZOOM tizimi orqali filialimiz jamoasi hamda taklif etilgan mehmonlar, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’i Y. Gafurov, “Xabar” gazetasi jurnalisti H. Salyaxova hamda Farg’ona televideniyasi muxbirlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida filial direktori A. Rasulov va iqtidorli talabalar mamlakatimizda yoshlar o’qib-izlanishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarni kashf etish va yutuqlarini targ’ib etish, takliflarini qo’llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o’rganish va bartaraf etishda tashkil etilgan “PRESS CLUB”ning muhim ahamiyati to’g’risida “Xabar” gazetasi va Farg’ona televideniyasiga inrervyu berdilar.