June 2022

Month

Direktor kubogi musobaqalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan talabalarga Filal ma’muriyati tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Talabalarimizga kelgusi o’qish va ishlarida ulkan zafar va yutuqlar tilab qolamiz.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri t.f.d., dotsent O.Rayimjonova va Filial ilmiy tadqiqot va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i t.f.d. R. Nurdinova MDX davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda qatnashib, “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari” uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Olima ayollarimizga Filial ma’muriyati va jamoa a’zolari kelgusi ishlarida kuch-quvvat va...
Read More
Forumda Farg‘ona viloyatidagi barcha OTM olima ayollari va Xotin-qizlar maslahat Kengashi raislari, iqtidorli talaba qizlar ishtirok etdilar. Forum ajoyib taassurotlarga boy va mazmunli tashkil etildi. Mehmonlar Filialning Inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyati va olima ayollarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Forum yakunida faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.
Read More
Bugun, 3-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov frilanserlar va frilanser bo‘lish istagida bo‘lganlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, O‘zbekistonda yuqori daromad olish uchun nimalar qilish kerakligi va Frilanserlik bo‘yicha berilgan savollarga javob berdi. Ochiq muloqotda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali ham ishtirok etdi.
Read More
Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 470-sonli qaroriga muvofiq, bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg’ona filialida tashqi baholash jarayonlari boshlandi.
Read More
Tadbirda “UniSat” dastur ishtirokchilari 2022 yil 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Navoiy viloyatida uchirgan “Nanoyo‘ldoshi”ni namoyish etishdi, hamda viloyatdagi havo tozalik darajasi Yevropaga nisbatan yaxshi natijadaligini va eng yuqori ifloslanishi 5 km gacha bo‘lganini ko’rsatishdi. TATU Farg’ona filiali “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi” boshlig‘i Farangiza Kenjayeva boshchiligida talaba qizlar bilan respublika va xalqaro...
Read More
Tadbirda filialimiz jonkuyar xodimlari farzandlari filial kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Bolajonlarning vaqtini maroqli va mazmunli o’tkazish maqsadida turli xil musobaqalar tashkillandi. Tadbirda barcha bolajonlarning kayfiyatlari a’lo darajaga yetdi. Tabdirning barcha tavsilotlarini Youtube (https://www.youtube.com/results?search_query=tatu+farg%27ona+filiali) kanalimizda tomosha qiling.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axbarot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali “Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat bo’limi” hamda tyutorlar boshchiligidagi iqtidorli va tadbirlarda faol qatnashgan talabalar talabalar bilan, Namangan viloyati Axsikent hududida yashab o’tgan Boburiylar sulolasi tarixini o’rganish maqsadida “Axsikent-ochiq osmon ostidagi muzey”ga sayohat tashkillandi. Sayohat davomida talaba yoshlarni vaqtini yanada unumli o’tkazish maqsadida Isoqxon to’ra Ibrat...
Read More
Finalda 633-20 va 650-19 guruh talabalari direktor kubogi uchun bellashishdilar. O’yin natijalariga ko’ra 2:1 hisobi bilan 633-20 guruh talabalari g’alaba qozonib filialning direktor kubogini qo’lga kiritishdi.
Read More
Maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, IT sohasida o‘z o‘rnini egallashlari uchun motivatsiya berish, malakali robototexnika mutaxassislarni saralab olish hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsadida Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali “Inkubatsiya va Akseleratsiya markazi”da filialimiz magistori Rasuljon Rahmatov tomonidan “Robototexnika to‘garagi” tashkillandi.Bugun “Inkubatsiya va Akseleratsiya...
Read More
1 2 3