9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fag‘ona filialida navbatdagi tadbir tashkil etildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 22  apreldagi 6/18-1/3-18-sonli  xati  ijrosi  yuzasidan 9 may-“Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan joriy yil 7 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fag‘ona filialida navbatdagi tadbir tashkil etildi. Tadbirga taklif etilgan Farg‘ona viloyati jangchi faxriylari birlashmasi a’zolari, Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassislik bo‘yicha tayyorlash markazi ofitser va serjantlari, ja’mi 14 nafar harbiylar ishtirokida filial talabalari va filial Akademik litseyi o‘quvchilari bilan onlayn tarzda “Inson aziz-xotira barhayot” mavzusida uchrashuv va “Mardlik, burch va sadoqat” harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi filьm va lavhalar namoyish etilgan dars tashkil etildi.

Mazkur tadbirda so‘zga chiqqan filial Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Tolipov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A. Rayimov, polkovnik I. Madumarov, leytenant N. Ibragimov va katta serjant J. SHamsiddinovlar o‘z ma’ruzalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5081-sonli qarorining mazmun-mohiyati, 2-jahon urushiga O‘zbekistonning qo‘shgan hissasi, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish va asrab avaylash, o‘quvchi va talaba yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqatli bo‘lish to‘g‘risida muhim va qimmatli fikrlar bildirdilar hamda tadbir davomida ishtirokchi talaba va o‘quvchi yoshlarning bergan savollariga javoban atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdilar. Tadbir so‘ngida Akademik litsey Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari SH. G‘ofurova, Yoshlar yetakchisi D.Yuldashevalar so‘zga chiqib, tadbirda ishtirok etgan harbiylarga minnatdorchilik bildirdilar, litsey 1-bosqich o‘quvchisi M. Yusupova minnatdorlik va bayram tabrigi sifatida Vatan haqida she’r o‘qib berdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Axborot xizmati

Do’stlarga ulashing👇👇
https://tatuff.uz/songi-yangiliklar/
@TATUFF_mt
@officalgroupTUIT