Abituriyentlar diqqatiga!

Davlat test markazi axboroti

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda.

Ro‘yxatga olish jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining my.dtm.uz (http://my.dtm.uz/) sayti orqali amalga oshirilmoqda va 22-iyulga qadar davom etadi.

Qabul jarayonlari yakunlanishiga ham kam fursat qolganligini, ayrim abituriyentlar shaxsiy ma’lumotlarini kiritgan bo‘lsa-da haligacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlamaganligini, oldingi yillar bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari kerakligini, chet tilidan xorijiy sertifikatlarni tekshirish ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda abituriyentlarga qabulning oxirgi kunini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlarini tavsiya qilamiz.

Davlat test markazi tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bir qator videoroliklar tayyorlangan bo‘lib, abituriyentlar mazkur videoroliklar orqali ro‘yxatdan o‘tishning barcha bosqichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (o‘zbek tilida): https://youtu.be/zaSXZDFte00.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (rus tilida): https://youtu.be/oqMXbNmt-MM.

Test sinovlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning barcha bosqichlari bo‘yicha eng muhim ma’lumotlar: https://youtu.be/PB9SXhqUHus.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati