Abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaatnoma!

Hurmatli ota-onalar, aziz abituriyentlar!

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ketmoqda. O’tgan yillar tajribasidan ma’lumki, test sinovlari shaffoflik va adolatlilikning ustuvorligida o‘tkazilmoqda. Jarayonni butun mamlakat bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri, ochiq-oydin kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Shunday ekan, abituriyent faqat va faqat o‘z bilimiga tayanishi lozim. Agarda qandaydir shaxslar tomonidan abituriyentga yordam berilishi va’da qilinsa, bilingki, ular firibgarlardir. Bunday vaziyatlarda fuqarolik burchingizga tayangan holda, quyida keltirilgan rasmiy manbalar orqali darhol tegishli huquq-tartibot organlari yoki Davlat test markaziga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Shu tariqa yo‘l tutishingiz, o‘z navbatida, bilimlilarni xolis tanlashga, kelajakda O‘zbekiston taraqqiyoti, ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bog‘lanish manbalari:

Bosh Prokuratura:

• Ishonch telefoni: (71) 232-10-07;
• Koll-markaz: 1007 (qisqa raqam).

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:

• Ishonch telefoni: (71) 202 04 02 (431);
• Koll-markaz: 1253 (qisqa raqam).

Davlat test markazi:

• Ishonch telefoni: (95) 199-19-14;
• Xolis fuqaro: dtm.uz/page/reception;
• Elektron pochta: antikor@dtm.uz;
• Telegram-bot: @dtm_antikor_bot.

Manba: dtm.uz