Andijon axborot-texnologiyalari texnikumida master klass va suhbatlar o‘tkazdilarAndijon axborot-texnologiyalari texnikumida

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi assistant o’qituvchilari I.Mahmudov va D.Komilovlar 2023-yil 26-aprel kuni Andijon axborot-texnologiyalari texnikumida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-martdagi 2/12-3/1-40 sonli xatiga asosan “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va texnikumlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida master klass va suhbatlar o‘tkazdilar. D.Komilov va I.Mahmudovlar Texnikumning 110/21-guruh Kompyuter injiniringi guruhi talabalariga “Elektronika asoslari va elektrotexnika” fanidan “Integral mikrosxemalar” mavzusida, 130/21 -Axborot xavfsizligi va 140/21-Telekommunikatsiya texnologiyalari guruhlarida “Simsiz tarmoqlar” fanidan “GSM tarmoq elementlari interfeyslari” mavzusida master klass o‘tkazdilar. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan texnikumlar uchun tayyorlangan “Elektronika asoslari va elektrotexnika” fanidan o‘quv qo‘llanma muassasa kutubxonasiga foydalanish uchun topshirildi. Uchrashuv yakunida o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirish bo‘yicha tavsiyalar va o’qitishning kredit modul tizimi haqida ma’lumotlar berildi.