Baxtiyor Maxkamov hamda Nordhausen University of Applied Sciences) prezidenti prof. Jörg Wagner o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

✅Bugun, 27-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori prof. Baxtiyor Maxkamov hamda Nordxauzen amaliy fanlar universiteti( Nordhausen University of Applied Sciences) prezidenti prof. Jörg Wagner o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

👨‍💼Uchrashuv davomida universitetlar o’rtasida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida kelishib olindi:

🟢Talaba va hodimlar o’rtasida almashinuv dasturlari;
🟢Talabalar mobilliligi;
🟢Ilmiy sohada hamkorlik;
🟢Qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish.

Shuningdek, Nordhausen University of Applied Sciences va TATU o’rtasida Computer Science,
Computer Engineering for IoT Systems yo‘nalishlar bo’yicha qo’shma ta’lim tashkil etish muhokama etildi va kelgusi uchrashuvlarda o’zaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishildi.

🗒 Ma’lumot uchun: Nordxauzen amaliy fanlar universiteti 1998-yilda tashkil topgan. Universitet Germaniyaning markaziy (Thuringia shahri)qismida joylashgan davlat universitetidir. Universitet – informatika, muhandislik, iqtisod va ijtimoiy fanlar bo’yicha keng ko’lamli amaliy va kelajakka yo’naltirilgan o’quv dasturlarini joriy etgan