“Biz OITSga qarshimiz” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida “Biz OITSga qarshimiz” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatida Farg‘ona viloyat OITS ga qarshi kurash markazi mutaxassisi U.Fayzullayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi N.Eshimova, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultet dekanlari o‘rinbosari N.Ibragimov, tyutorlar K.Eminov, Sh.Raximovlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Davra suhbatida Farg‘ona viloyat OITS ga qarshi kurash markazi mutaxassisi U.Fayzullayev talaba-yoshlarga OITV/OITS kasalligi haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.

Suhbat davomida OITS kasalligi bo‘yicha videorolik qo‘yildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.