Caption align here

Blog Full Left Sidebar With Frame

Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti abituriyentlarning birinchi ta’lim yo’nalishi sifatida xujjat topshirishi bo’yicha top 5 talikdan joy egalladi. 📈 Ayni vaqtga qadar oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 882 913 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali muassisligida tashkil etilgan “Al-Farg’oniy avlodlari” xalqaro elektron ilmiy jurnalining 3-soniga maqolalar qabul qilinadi.ISSN: 2181-4252 🔎 Maqolalar antiplagiat dasturida tekshirilib, sara maqolalar chop etiladi. 💡 Muhimi maqolalar chop etish bepul! 📆 Maqolalar 20 avgustgacha qabul qilinadi. 📝 Qabul qilingan maqolalar uchun sertifikat taqdim etiladi. Maqolalarning har biriga alohida DOI raqami berilib, zenodo, OpenAIRE, Google Schoolar, Index Copernicus tizimlarida indekslanadi. 📨 Materiallar al-fargoniy.uz sayti orqali qabul...
Read More
✅ NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN Respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 803 ta (o‘tgan yilgidan 183 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan. ▪️Ta’lim shakllari kesimida: ➖ kunduzgi — 2 542 ta;➖ sirtqi — 981 ta;➖ kechki — 223 ta;➖ masofaviy — 57 ta. ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar...
Read More
😄 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining targ‘ibot va tashviqot guruhi tomonidan Qabul 2023 targ‘ibot ishlarini davom ettirish maqsadida joriy yilning 19-iyul kuni “Ilm plyus” hamda “Boburiylar” o‘quv markazlariga tashrif buyurildi. 💼 O‘quv markazi o‘quvchilariga filialimizdagi mavjud erkin taʼlim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bakalavr, magistr, sirtqi va masofaviy taʼlim yo‘nalishlari hamda yangi tashkil etilgan sohalar bo‘yicha batafsil maʼlumotlar yetkazildi. Tinglovchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarli javoblar berildi.
Read More
18-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 13 ming 117 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆). ➖respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali – 8 167 nafar; ➖nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 4 950 nafar talaba ariza topshirgan, ❗️Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi. Batafsil 👉 @eduuzuniversalbot’da
Read More
1 65 66 67 68 69 318