E’lon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 569-son qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab o‘qitishning kredit tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim bo‘yicha fan tanlovlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 14-15 iyun kunlari magistraturaning 2022-2023 o‘quv yili uchun mutaxassislik tanlov fanlar tarkibidan quyidagi fanlardan tanlovlar o‘tkaziladi:

7061100-Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish) mutaxassisligi bo‘yicha:

  1. Tarmoqlarni optimallashtirish
  2. Virtual tarmoqlar va tizimlar
  3. IMS signal protokollari
  4. Multimediyali aloqa tarmoqlari modeli
  5. Nochiziqli dinamik tizimlar: modellashtirish, simulyatsiyalash va CNNga asoslangan kodlash
  6. Video va audio signallarni raqamli qayta ishlash
  7. Telekommunikatsiyada sun’iy intellekt
  8. Telekommunikatsiya tarmoqlari ekspluatatsiyasi va xizmat ko‘rsatish
  9. Multimediyali aloqa tarmoqlarini loyhalashtirish asoslari
  10. Optik aloqa tarmoqlari texnik ekspluatatsiyasi
  11. Videokuzatuv tizimlarini qo‘llash va loyihalash
  12. Amaliy televidenie tizimlari

70610501 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish) mutaxassisligi bo‘yicha:

  1. Industrial ilovalar
  2. Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari
  3. Obektga yo’naltirilgan dasturlash metodlari
  4. GAT va ilovalarini ishlab chiqish
  5. Matematik modellar tadqiqi
  6. Internet va jihozlar

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-o‘qituvchilar fan materiallari va tanlovda qatnashishga ariza bilan kafedra mudirlariga uchrashish so‘raladi.

Tanlovda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish muddati: 2022 yil 14 iyun soat 830 gacha.

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, tanlovda ilmiy darajali va ilmiy unvonli o‘qituvchilargina qatnasha oladi.