Fargʼona viloyatida boʼlib oʼtayotgan “Yoshlar festivali 2021” va “Talabalar festivali”da tashkil etilayotgan tadbirlar va uchrashuvlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Fargʼona filiali talabalari ham faol ishtirok etmoqdalar

Fargʼona viloyatida boʼlib oʼtayotgan “Yoshlar festivali 2021” va “Talabalar festivali”da tashkil etilayotgan tadbirlar va uchrashuvlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Fargʼona filiali talabalari ham faol ishtirok etmoqdalar. Jumladan Farg’ona shahrida johlashgan Islom Karimov nomidagi San’at saroyi O’zbekiston yoshlari bilan to’lib toshdi. Festival davomida “Yoshlar festivali” ning keyingi loyihasi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda, Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan talaba-yoshlar Farg’ona viloyati hokimi H. Bozorov bilan yuzma-yuz suhbatlashdilar

“Farg’ona viloyatiga sayohat qilayotgan paytimiz Marg’ilon hunarmandchilik, Rishton kulolchilik markazlarini hamda Qo’qonni o’ziga xos tarixiy obidalarini ko’rdik. Men turistlarning asosiy sayohat yo’nalishi bo’lgan Buxoro, Xorazm, Samarqand obyektlari ichiga Farg’onani ham kiritilishini istardim. Chunki hatto o’zim ham mana shunday ijod namunalarini endi ko’rdim. Agar hamkorlik qilinsa, Samarqandga maxsus Farg’ona pavilionlari qurilishini taklif qilgan bo’lar edim. Ko’proq Farg’ona milliy hunadmandchiligini dunyoga yoyishimiz kerak”,-dedi Samarqandlik talaba.

Viloyat hokimi H. Bozorov esa: ” Albatta, qo’llab-quvvatlayman va Farg’ona hunarmandchiligini keng yoyish bo’yicha yana qo’shimcha tadbirlar o’ylab ko’ramiz”deya ma’qulladi.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati