Farg’ona axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif amalga oshirildi

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Farg’ona axborot texnologiyalari texnikumi jamoasining axborot texnologiyalari bo’yicha maxorat darslari olib borilishi to’g’risida gapirib, kun tartibidagi 1-masala bo’yicha so’zni Farg’ona filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti Xamidov E.Xga berdi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti E.X.Xamidov tomonidan “Sun’iy intellektga kirish asosiy yo‘nalishlari va bilimlarni namoyish etishning modeli” mavzusida qiziqarli va munozaraga boy mahorat darsi tashkil etildi. Mavzu davomida zamonaviy sun’iy intellekt asnosida yaratilgan dasturlar haqida ma’lumot berildi. Mahorat darsi davomida talabalar tomonidan berilgan turli xil savollariga batafsil javob berildi. Kun tartibidagi 2-masala bo’yicha “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dots. v.b. O.M Ergashev so’z olib “Kasbni to‘g‘ri tanlash” to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar berdi va xozirgi kunda axborot texnologiyalari dolzarbligi va hozirgi paytda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlandi hamda talabalar bilan suhbat o‘tkazishdi va o’qituvchilar o’zlari bilan olib kelgan mutaxassisliklar bo’yicha kitoblarni texnikum o’qituvchi va o’quvchilariga sovg’a sifatida tarqatdilar. : Farg’ona axborot texnologiyalari texnikumi o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sultonova D.Q. so‘z olib mahorat darsi mavzusining dolzarbligi va hozirgi paytda katta ahamiyatga ega ekanligini bu darslar o’qituvchi va o’quvchilar uchun o’ta muximligini takidladi, kelgan vakillarga hamda sovg’a qilingan kitoblar uchun jamoa nomidan minatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng TATU Farg’ona filialining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va texnikum talabalar tomonidan berilgan turli xil savollariga batafsil javob berildi.