Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-kontsert saroyining ochiq sahnida, ko‘kalamzor xiyobonda 21 mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami bo‘lib o‘tdi

Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z ayyomi tantanasida shahar tumanlar, boshqarma, korxona va tashkilotlari, muassasa va mahallalar qatnashdi.

TATU Farg‘ona filiali jamoasi ham o‘ziga xos bayramona bahoriy dekoratsiya bilan ommaviy saylda ishtirok etdi.

Bayram tadbirlarida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Viloyat rahbari samimiy muloqotlarda bayram ishtirokchilarini yangilanish, yasharish ayyomi – Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati