FARG‘ONA SHAHRIDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIK SHARTNOMALARI IMZOLANDI

2018 yil 16 yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Farg‘ona shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona Politexnika instituti,  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Farg‘ona filiallari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasi bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi. O‘zaro tuzilgan hamkorlik shartnomalari O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi dasturi”, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli hamda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda Respublika ijtimoiy tizimini rivojlanishini ta’minlaydigan ustuvor yo‘nalishlarda bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot ishlarini kompleks tarzda olib borish, yuqori saviyali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashning sifatini oshirish uchun oliy o‘quv yurtlarning hamkorligidagi faoliyatini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Hamkorlik sharnomalarida ta’lim muassalarida o‘quv sohasidagi barcha ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat ta’lim standartlari hamda malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish, o‘zaro kelishuvlar asosida taraflarning malakali yetakchi professorlarini ta’lim jarayoniga jalb etish, ta’lim maussasalarning yetakchi professor-o‘qituvchilarini doktorlik dissertatsiyasiga (doktorlik yoki PhD darajasiga ega bo‘lgan) ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchi sifatida jalb qilish, hamkorlikda ilmiy-texnologik muammolari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, o‘quv adabiyotlar yaratish, anjumanlar o‘tkazish, sohadagi dolzarb muammolar yuzasidan hamkorlikda xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilish, o‘quv jarayonini samarali tashkillashda, me’yoriy-xuquqiy xujjatlar bilan ta’minlashda o‘zaro ko‘maklashish kabi masalalarni qamrab olindi.