Farg‘ona tuman 2-son kasb-hunar maktabi “Raqamli axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishi o‘quvchilari tashrif buyurdilar

♾ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialiga Farg‘ona tuman 2-son kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari X.Akbarova, D.Axmedova, A.Fozilovlar raxbarligida “Raqamli axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishi o‘quvchilari tashrif buyurdilar.

✔️ Tashrif davomida Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri A.Dilshodov va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi tomonidan filialda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, fan va sport to’garaklari faoliyati, talabalarga ta’lim berayotgan pedagoglarning sifat tarkibi, ta’lim sohasidagi yutuqlar, talabalarning sportda va fanda erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

🟢Talabalarlarning sifatli ta’lim olishi uchun tayyorlangan maxsus fanlar sinfxonalari, sport zallari, kutubxona hamda to’garaklar faoliyati bilan tanishishlari uchun filialda sayohat tashkil etildi.

🟢Shuningdek, Filialga tashrif buyurgan bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan javoblar oldilar.