Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “O‘zbekistonda prokuratura organlarining shakllanish tarixi” mavzusida talaba yoshlar, oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va prokuratura xodimlari ishtirokida ochiq dars o‘tkazildi

Tadbirda prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, ustuvor vazifalari va maqsadlari, prokuratura organlari tizimi, prokuratura tarixi va bugungi kundagi olib borayotgan ishlari bo‘yicha tushuntirish berildi.

Shuningdek, prokuratura faoliyatiga oid videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga xodimlar tomonidan javob berildi.

Bundan tashqari, faol qatnashgan talabalarga esdalik sovg‘alar berildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati