Farg’ona yoshlar festivali

Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Respublikamizning barcha viloyat va shaharlarida yoshlar oyligi tashkil etilmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyatida ham “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. “Yoshlar festivali” boshlanish oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga o‘z vaqtida kerakli ma‘lumotlarni olmoqdalar. Faol yoshlar esa kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar. Ushbu festival avvalo yoshlarni birlashtirish, shuning bilan ular qiziqishlarni yuzaga chiqarish uchun ham xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Festival doirasida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talaba-yoshlari ham ishtrok etmoqdalar.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati