Farg’onada birinchi marotaba BPO SCHOOL kompaniyasi ochildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkenat axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali, IT-Park, Marg’ilon raqamli texnologiyalar markazi, Farg’ona viloyati hokimligi, Revotech kompaniyasi va O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida BPO SCHOOL kompaniyasi ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ochilish marosimida IT-Park direktori Farhod Ibragimov, Marg‘ilon raqamli texnologiyalar markazi direktori Bahromjon Djalilov, TATU Farg‘ona filiali direktori Akbarali Rasulov so‘zga chiqib kompaniyaning ishlariga rivoj tilashdi. Farg’ona viloyatida yangi ish boshlagan kompaniyaga o‘zlarining tavsiyalarini berishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati