Farg‘onada oliy ta’lim bitiruvchilari bilan “Davlat xizmatiga ochiq yo‘l” shiori ostida ochiq muloqot tashkil etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali bosh inspektorlari A.Mamajonov, O.Axmadaliyevlar tomonidan filial bitiruvchi yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Kadirov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi ta’minlash bo‘yicha direktor maslahatchisi A.Usmonov, Marketing bo‘limi boshlig‘i B.Nematov ushbu ochiq muloqotda qatnashishdi.

Ochiq muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida, uning funktsiya va vazifalari, shuningdek, Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining ochiq portali (vacancy.argos.uz) shu jumladan, vakant lavozimlarning e’lon qilinishi, vakant lavozimlarga xujjat topshirish hamda tanlovlarda ishtirok etish to‘g‘risida taqdimot qilindi.

Shundan so‘ng ochiq muloqot qismiga o‘tib bitiruvchi yoshlar tomonidan berilgan savollarga filialning mas’ul xodimlari tomonidan atroflicha javob berildi.