Filial ARMida o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi

87-02-2536-sonli, 8 oktyabrdagi 87-02-2581-sonli, Farg‘ona viloyat hokimligining 10 oktyabrdagi 06-07/4897-sonli xatlari hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 9 oktyabrdagi 1676-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘risida

MALUMOT

Farg‘ona viloyat hokimligining 10 oktyabrdagi 06-07/4897-sonli xati ijrosi yuzasidan filial Gumanitar fanlar va xorijiy tillar kafedrasi assistenti E.Rahmonova Al-Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat kututbxonasida 2019 yil 18 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini kekng nishonlash to‘g‘rsida”gi PQ-4479-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan “Til-davlat timsoli, mulki” mavzusidagi insholar tanlovida faol ishtirok etdi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan” – to‘rtinchi tashabbusi va o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan filial ARMida badiiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davrani filialning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov ochib berdi va olib bordi.

Qaror ijrosi yuzasidan 2019 yilning 21 oktabr kuni filial rahbariyati va talaba-yoshlari Farg‘ona shaxridagi Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish va ehtirom ko‘rsatish tadbirida faol ishtirook etdilar.

Qaror ijrosi yuzasidan 2019 yilning 21 oktabr kuni filialning katta majlislar zalida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi munasabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Gumanitar fanlar va xorijiy tillar kafedrasi mudiri, Filalogiya fanlari nomzodi, D.G‘aniyeva, Filalogiya fanlari nomzodi, dotsent M.Mirzayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov va 180 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.