«Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi» tomonidan maxsus tadbir tashkillandi

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi «Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi» tomonidan talabalar o’rtasida is gazidan zaxarlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashini oldini olish, yong’in xavfsizligi talablari, isitish moslamalari, pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish qoidalari bo’yicha maxsus tadbir tashkillandi.

🟢Hududgaz aksiyadorlik jamiyati hokimiyat a’zolari bilan suhbat hamda amaliy mashg’ulotlari o’tkazildi.

🟢Polkovnik Alimov Bekzod Botiraliyevich, Odinaxon Otajonova, Elyor Karimovlar talabalarga tavsiya va tushuntirish ishlari olib bordilar.