Hurmatli o’quvchilar!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali tasarrufidagi akademik litseyi 2021-2022 o‘quv yili uchun qabul rejasiga o‘zgartirishlar kiritilganligi e’lon qiladi. Ya’ni, Akademik litsey tomondan tasdiqlashga tavsiya etilgan qabul rejasidan xorijiy tillar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari chiqarib tashlangan. 2021-2022 o‘quv yili uchun aniq fanlar (texnika) va aniq fanlar(iqtisod) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha xujjatlar qabul qilinadi. Xorijiy tillar yo‘nalishiga o‘qish niyatida bo‘lganlar aniq fanlar(iqtisod) ta’lim yo‘nalishiga topshirishingiz mumkin. Shu bilan birga bir vaqtning o‘zida bir necha akademik litseyga xujjat topshirishning imkoniyati borligini ham unutmang!

litsey.edu.uz – saytida ro‘yxatdan o‘tishda muammolar bo‘lsa, Akademik litseyga kelib maslahat kengashiga uchrashishingiz mumkin. Bizning xodimlar ro‘yxatdan o‘tishingizga yordam beradilar. Fotosuratning elektron variantini rasmga tushgan fotografdan olishni unutmang!

Ro’yxatdan o’tish bo’yicha yo’riqnoma

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati