«Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay» va «Allomalar nazlida vaqtning qadri va ilmning afzalliklari» mavzusida davra suhbati va ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish maqsadida «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida «Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay» va «Allomalar nazlida vaqtning qadri va ilmning afzalliklari» mavzusida davra suhbati va ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Davra suhbatida hamkor sifatida Farg‘ona shahar «Ahmadjon qori» (https://t.me/Ahmadjonqorimasjidi) masjidi imom noibi Qayumjon qori Raxmatov yuqoridagi mavzular yuzasidan asosli ma’lumotlarni ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdi.

🇺🇿 Vaqtdan foydalanish uslublari borasida talabalarga ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Uchrashuvda filial direktori maslaxatchisi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i, tyutorlar va 180 nafar talabalar ishtirok etdi.