«Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi va talablari» mavzusida o’quv-seminari o’tkazildi

🟢 TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetida «Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi va talablari» mavzusida o’quv-seminari o’tkazildi. Seminarda Telekommunikatsiya injiniring kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent Rayimjonova Odinaxon Sodiqovnaning ma’ruzasi tinglandi.

🇺🇿 Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida va dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarda maqola, maʼruza yoki maʼruza tezisi, xalqaro konferensiya materiallari toʼplamida eʼlon qilinadigan ilmiy ishlar mazmuni haqida tavsiyalar berildi.