“Inkubatsiya va akseleratsiya markazi”da rahbar-hodimlar, kafedra mudirlari, tadqiqotchilar, magistrantlar va boshqa tegishli soha vakillariga master klass tashkil etildi

2022 yil 5 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi”da rahbar-hodimlar, kafedra mudirlari, tadqiqotchilar, magistrantlar va boshqa tegishli soha vakillariga master klass tashkil etildi.

Filial direktori A.Rasulov, direktor o‘rinbosari B.Polvonovlar boshchiligida taklif etilgan Farg‘ona politexnika instituti Energetika fakulteti katta o‘qituvchisi Ismoilov Ibroximjon Keldiboyevich va shu fakultet tayanch doktoranti Tursunov Doniyorbek Abdusalimovichlar “O‘quv yurtida ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish va xo‘jalik shartnomalari salmog‘ini oshirish: SPIN OFF va START UP loyihalariga keng jalb etish hamda Unitar korxonalar tashkil etish” mavzusida “MASTER KLASS” o‘tkazildi.