“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialining O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

🫥 Seminarda filial direktori F.Muxtarov (https://t.me/tatuffdirektori) boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar faol ishtirok etishdi.

😎G.Kochkarova A.Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladi.

Assistentlar M. Husaynova: “O‘zbek latifalari matnining lingvostilistik tadqiqi” mavzusidagi, O. Xamdamova: “Hadisi shariflarning lisoniy-kognitiv xususiyatlari” mavzusidagi (PhD) ilmiy ishlari haqida ma’lumot berishdi va savol-javob tashkillandi.

✅F.Muxtarov ilmiy seminar yakunida seminar tashkilotchilari va iqtidorli talabalarga o‘z minnatdorchigini izhor etdi.