IT Park hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali bilan hamkorlikda “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi” tashkil etildi

IT Park hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali bilan hamkorlikda “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi” tashkil etildi. Dastavval universitet hamda IT Park o‘rtasida memorandum imzolanib, zaruriy jixoz va auditoriyalar va ularni dizayni kelishuv asosida tayyorlanadi. Markaz faoliyati filial talabalarini o‘z g‘oyalarini inkubatsiya jarayonida MVP (minimal model) ga aylantirib, IT Park tomonidan biriktirilgan mentorlar yordamida akseleratsiya jarayoniga tayyorlash hamda sotuvni amalga oshirishdan iborat. Markaz dasturiga ko‘ra har chorakda Inkubatsiya dasturi, Ideaton, Hach4Region xakatoni va mGov mobil dasturlash tanlovlari, seminar, vebinar va master klasslar tashkil etilib, g‘oliblar mukofotlanishi belgilab qo‘yilgan. Qolaversa ushbu Markaz qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ham Menejer va yordamchilari shtatllari bilan 3 nafar hodim ish bilan ta’minlanishi nazarda tutilgan. Dastur rejasiga asosan yil so‘ngiga qadar 20 nafarga yaqin loyihalar akseleratsiya jarayoniga tadbiq qilinishi nazarda tutilgan.

2021 yil 29 iyun kuni “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi” ochilish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish ma’rosimda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Fayzulla Qosimov, Axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Yusufbek G‘ofurov, Muhammad al-Xorazmiy TATU Farg‘ona filiali direktori Akbarali Rasulov hamda IT Park Farg‘ona filiali rahbari Bahromjon Djalilovlar ishtirok etdilar.

Mehmonlarni IT Park Farg‘ona filiali rahbari Bahromjon Djalilov Inkubatsiya markazi dasturi va rejalari bilan tanishtirdi, so‘ng tashkil etilgan seminar hamda o‘quv auditoriyalariga kirib iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlanga ilk loyihalar bilan tanishishdi.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati